Axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar hajmi (yillik)
Davriyligi
yillik
O‘lchov birligi
mlrd.so‘m hisobida
Klassifikatorlar
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (MST)
Hisoblash metodikasi (qisqacha)
Amaldagi narxlarda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini ishlab chiqarish mazkur sohada xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning daromadlari (sotishdan tushgan tushum miqdori) yig‘indisi sifatida aniqlanadi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini tasniflash O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlar) statistik tasniflagichiga (keyingi o‘rinlarda – MST) “Axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar” J seksiyasiga muvofiq amalga oshiriladi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga quyidagilar kiradi: nashriyotchilik xizmatlari (MST bo‘lim kodi 58); kino-, videofilmlar va televideniye dasturlari ishlab chiqarish boʻyicha xizmatlar, ovoz yozish va musiqa asarlarini nashr qilish boʻyicha xizmatlar (MST bo‘lim kodi 59); dasturlar tuzish va teleradioeshittirishlar boʻyicha xizmatlar (MST bo‘lim kodi 60); telekommunikatsiya xizmatlari (MST bo‘lim kodi 61); kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar (MST bo‘lim kodi 62); axborot sohasidagi xizmatlar (MST bo‘lim kodi 63). Ko‘rsatilgan aloqalari va axborotlashtirish bozor xizmatlari hajmining monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning tasdiqlangan maqsadli parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Rasmiy statistika tayyorlovchi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
2017-yil ma’lumotlari norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash boʻyicha oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalarini qoʻshgan holda shakllantirilgan; 2025-yil dastlabki ma'lumotlar.