O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi
Mas’ul boshqarma nomi
Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistikasi boshqarmasi
Mas'ul hodim FIO
G‘affarov Azamat Suyunovich
Telefon raqami :
+99871 203 80 00
Elektron pochta
selhoz@stat.uz
Birlamchi ma’lumot manbasi
Statistika hisoboti
Izoh
Ma’lumot yanvar-dekabr oylar uchun keltirilgan; Ushbu ko‘rsatkich sabzavotlar – jami yetishtirish hajmi tarkibiga kiritilgan -jami (kod-2.04.1.0055)
Hisoblash metodikasi (qisqacha)
Barcha toifadagi xo‘jaliklarida yetishtirilgan piyoz hosili fermer, mahalla fuqarolar yig‘inlari (dehqon va tomorqa xo‘jaliklari), qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan statistika organlariga taqdim etilgan piyoz yalpi hosili to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Piyoz yalpi hosili to‘g‘risidagi ma’lumotlar yillik davriylikda shakllantiriladi. Ma’lumotlarni shakllantirish va piyoz yalpi hosilini hisoblash uchun 1 fx shakli (yillik) “Fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”, 4 dx shakli (choraklik) “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”, dehqon va yordamchi xo‘jaliklar faoliyati to‘g‘risida”, 1 qx shakli (yillik) “Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot”, 1 kb (qx) (1 kb shakliga ilova) “Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisoboti” shakllari bo‘yicha ma’lumotlardan foydalaniladi. Yuqoridagi hisobotlarda bu ko‘rsatkich sentnerda aks ettiriladi va keyin 10 ga bo‘lish orqali tonnaga aylantiriladi. “Yetishtirilgan piyoz” ko‘rsatkichi jami sabzavot ekinlari ishlab chiqarish hajmi tarkibiga kiritiladi.