O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
Mas’ul boshqarma nomi
Aholi turmush darajasi statistikasi va kambag‘allikni baholash boshqarmasi
Mas’ul hodim FIO
Urazbaev Rahmatjon Otajanovich
Telefon raqami:
71 203-80-00 (12-61)
Elektron pochta
r.urazbaev@stat.uz
Birlamchi ma’lumot manbasi
Statistika hisoboti ma’lumotlaridan, shuningdek, muntazam ravishda statistika organlari tomonidan o‘tkazib boriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy faoliyati bo‘yicha hamda uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlarini o‘rganish bo‘yicha tanlanma kuzatuv ma’lumotlaridan, bundan tashqari Moliya vazirligi, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Markaziy Bank, Xalq Banki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan aholiga hisoblangan daromadlar, ijtimoiy to‘lovlar va soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlardan foydalaniladi
Izoh
Ma’lumotlar choraklik (dastlabki), 2025-yil yanvar-dekabr oylari uchun aniqlashtirilgan yillik ma’lumotlar asosida qayta hisoblangan
Hisoblash metodikasi (qisqacha)
Aholining umumiy daromadlari doimiy yoki takrorlanuvchi xususiyatga ega boʻlgan, yillik yoki undan kam vaqt oraligʻidagi davrda, uy xoʻjaligi yoki uning alohida aʼzolariga tushadigan pul va natura shaklidagi tushumlardan tashkil topadi. Aholi umumiy daromadlarini hisoblashda Milliy statistika qo‘mitasi hisoboti maʼlumotlaridan, shuningdek, muntazam ravishda statistika organlari tomonidan oʻtkazib boriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklarining iqtisodiy faoliyati boʻyicha hamda uy xoʻjaliklari daromadlari va xarajatlarini oʻrganish boʻyicha tanlanma kuzatuv maʼlumotlaridan, bundan tashqari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Markaziy bank, Xalq banki, Soliq qoʻmitasi tomonidan aholiga hisoblangan daromadlar, ijtimoiy toʻlovlar va soliq toʻlovlari toʻgʻrisidagi umumlashgan maʼlumotlardan foydalaniladi.