Ma’lumotlar to‘plami identifikatsiya raqami (kodi)
2.02.01.2523
Ma’lumotlar to‘plami nomi
Korxonalarda ayol rahbarlarning ulushi
Davriyligi
yillik
O‘lchov birligi
foiz
Klassifikatorlar
O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy-hududiy tuzilmalarni (obyektlarni) belgilash tizimi idoraviy statistik tasniflagichi (MHOBT)
Hisoblash metodikasi
Korxonalarda ayol rahbarlarning ulushi – ayol rahbarlar sonining jami rahbarlar soniga nisbatini yuzga ko‘paytirish orqali hisoblanadi. korxona rahbari – boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchilardir. Rahbarlar tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar va vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydilar
Rasmiy statistika tayyorlovchi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
Mas’ul boshqarma nomi
Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi