O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi
Mas’ul boshqarma nomi
Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistikasi boshqarmasi
Mas'ul hodim FIO
G‘affarov Azamat Suyunovich
Telefon raqami :
+99871 203 80 00
Elektron pochta
selhoz@stat.uz
Birlamchi ma’lumot manbasi
Statistika hisoboti
Izoh
Ma’lumot yanvar-dekabr oylar uchun keltirilgan; "0" -yetishtirilmagan; Ushbu ko‘rsatkich mevalar va rezavorlar - jami yetishtirish hajmi tarkibiga kiritilgan -jami (kod-2.04.1.0066).
Hisoblash metodikasi (qisqacha)
Barcha toifadagi xo‘jaliklarida yetishtirilgan sitrus mevalar hosili fermer, mahalla fuqarolar yig‘inlari (dehqon va tomorqa xo‘jaliklari), qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan statistika organlariga taqdim etilgan sitrus mevalar yalpi hosili to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Sitrus mevalar yalpi hosili to‘g‘risidagi ma’lumotlar yillik davriylikda shakllantiriladi. Ma’lumotlarni shakllantirish va sitrus mevalar yalpi hosilini hisoblash uchun 1 fx shakli (yillik) “Fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”, 4 dx shakli (choraklik) “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”, dehqon va yordamchi xo‘jaliklar faoliyati to‘g‘risida”, 1 qx shakli (yillik) “Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot”, 1 kb (qx) (1 kb shakliga ilova) “Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisoboti” shakllari bo‘yicha ma’lumotlardan foydalaniladi. Yuqoridagi hisobotlarda bu ko‘rsatkich sentnerda aks ettiriladi va keyin 10 ga bo‘lish orqali tonnaga aylantiriladi. “Yetishtirilgan sitrus mevalar” ko‘rsatkichi jami mevalar va rezavorlar ishlab chiqarish hajmi tarkibiga kiritiladi.