Ma'lumotlar to'plami identifikatsiya raqami (kodi)
1.11.02.0109
Ma'lumotlar to'plami nomi
Uy-joy bozoridagi narxlar indeksi (2024 y. = 100 %)
Davriyligi
choraklik
O‘lchov birligi
Foiz
Mas’ul boshqarma nomi
Narxlar statistikasi boshqarmasi
Mas’ul hodim FIO
Ismailova Shaxnoza Uktamovna
Klassifikatorlar
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilmalarini (obyektlarini) belgilsh tizimi idoraviy tasniflagichi (MHOBT)
Hisoblash metodikasi
Rasmiy statistika tayyorlovchi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
Birlamchi ma’lumot manbasi
Yangilangan metodologiyaga koʻra, hisob-kitoblar uchun OLX.uz platformasida sotuvga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyektlari haqidagi eʼlonlar maʼlumotlari asos boʻlib xizmat qiladi. Yetarli darajada qamrab olinmagan hududlarda qoʻshimcha kuzatuvlar oʻtkaziladi, ular uchun maʼlumotlar manbai sifatida Telegram-messenjer kanallaridagi eʼlonlar (koʻchmas mulk agentliklari, rieltorlar kanallari va boshqalar)dan foydalaniladi.
Mas'ul boshqarma nomi
Narxlar statistikasi boshqarmasi
Mas'ul hodim FIO
Ismailova Shaxnoza Uktamovna
Telefon raqami :
+998712038000
Elektron pochta
sh.ismailova@stat.uz
Birlamchi ma’lumot manbaasi
Yangilangan metodologiyaga koʻra, hisob-kitoblar uchun OLX.uz platformasida sotuvga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyektlari haqidagi eʼlonlar maʼlumotlari asos boʻlib xizmat qiladi. Yetarli darajada qamrab olinmagan hududlarda qoʻshimcha kuzatuvlar oʻtkaziladi, ular uchun maʼlumotlar manbai sifatida Telegram-messenjer kanallaridagi eʼlonlar (koʻchmas mulk agentliklari, rieltorlar kanallari va boshqalar)dan foydalaniladi.
Qisqacha uslubiyotlar tavsifi:
1) Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy bozori narxlari indekslari gedonik regressiya usuli asosida shakllantiriladi. Indekslar kvartiralarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari, shuningdek yakka tartibdagi uylarning ikkilamchi bozorini qamrab oladi.
2) Gedonik modellarni muntazam baholab borish va guruhlarning ichki bir xilligini oshirish maqsadida stratifikatsiya usuli qoʻllaniladi. Hududiy tamoyil asosida kvartiralar uchun 18 ta strata (birlamchi bozor uchun 9 ta va ikkilamchi bozor uchun 9 ta), shuningdek, yakka tartibdagi uylar uchun 10 ta strata (faqat ikkilamchi bozor boʻyicha) belgilangan. Stratalarning toʻliq roʻyxati **“Uy-joy bozorida narx indekslarini hisoblash boʻyicha uslubiy nizom”**da keltirilgan.
3) Hisob-kitob “sirpanuvchi oyna” metodi asosida amalga oshiriladi: har bir chorakda model joriy va oldingi uch chorak maʼlumotlari asosida baholanadi.
4) Salmoq vaznlarni hisoblash uchun har bir hudud va bozor turi boʻyicha bitimlar soni oʻtgan yilning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi maʼlumotlari) tegishli oʻrtacha uy-joy narxiga (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari) koʻpaytiriladi. Olingan qiymatlar har bir strataning umumiy indeksdagi ulushini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Vaznlar tuzilmasi har yili yangilanadi.
5) Har bir hisob-kitobdan oldin maʼlumotlar belgilangan statistik tartib-qoidalar asosida majburiy tozalash jarayonidan oʻtkaziladi.
Izoh
Gedonik regressiya usuliga asoslangan metod 2026-yil II choragidan boshlab joriy etildi. 2024-yildan boshlab ma'lumotlar ushbu yangi metod hisobga olingan holda qayta ko‘rib chiqildi.