O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (MST)
Hisoblash metodikasi (qisqacha)
Tashilgan yo‘lovchilar – muayyan vaqt ichida tashilgan yo‘lovchilar soni transport va qatnov turlari bo‘yica hisobga olinadi. Yo‘lovchi tashish statistikasida kuzatuv birligi yo‘lovchilar soni hisoblanadi. Jo‘natilgan yo‘lovchilarni hisobga olish vaqti transportning ayrim turlarida bir xil emas: yoki chipta sotib olish vaqtida (temir yo‘l, avtomobil, shahar elektr transportida) yoki transport vositasi jo‘natilgan paytda (suv va havo transportida). “Tashilgan yo‘lovchilar” ko‘rsatkichini shakllantirish xalqaro statistika tashkilotlari, Yevrostat, MDH Statistika qo‘mitasi tavsiyalari va Milliy hisoblar tizimining ta’rifiga asoslanadi.
Rasmiy statistika tayyorlovchi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi