O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
Mas’ul boshqarma nomi
Aholi turmush darajasi statistikasi va kambag‘allikni baholash boshqarmasi
Mas’ul xodim FIO
Madaminov Umid Kanjaboevich
Telefon raqami:
71 203-80-00 (12-60)
Birlamchi ma’lumot manbasi
Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan
Izoh
2010-yildan 2020-yilgacha Jahon Banki tavsiyasiga ko‘ra kam ta’minlanganlik darajasi ko‘rsatkichi kunlik 2100 kkal miqdoridan kelib chiqib hisoblangan, yillar yanvar-dekabr holatiga ko‘ra
Hisoblash metodikasi (qisqacha)
Kambag‘allik darajasi – xarajati (yoki daromadi) minimal xarajatlar qiymatidan past bo‘lgan aholining jami aholiga nisbati orqali aniqlanadi. Minimal xarajatlar qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblashda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (keyingi o‘rinlarda – Statistika agentligi) tomonidan amalga oshiriladigan uy xo‘jaligi tanlanma kuzatuvi natijalari asosida shakllanadigan aholi iste’moli, daromad miqdori va tarkibi. Uy xo‘jaliklari iste’molining kilokaloriyadagi qiymatini aniqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining energiyaviy qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini va kambag‘allik chegarasini hisoblash uslubiyati BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon Banki, FAO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan berilgan tavsiyalarga asoslangan.