O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi
Mas'ul hodim F.I.O
G‘affarov Azamat Suyunovich
Telefon raqami :
+99871-203-80-00
Elektron pochta
selhoz@stat.uz
Birlamchi ma’lumot manbasi
Statistika hisoboti
Izoh
Ma’lumot yanvar-dekabr oylar uchun keltirilgan
Izoh-1
2010-2016 yillarda qishloq xo'jaligi bo'yicha statistik hisobotlarda "olxo‘ri" ko'rsatkichi ko‘zda tutilmagan
Hisoblash metodikasi (qisqacha)
Barcha toifadagi xo‘jaliklarida yetishtirilgan olxo‘ri hosili fermer, mahalla fuqarolar yig‘inlari (dehqon va tomorqa xo‘jaliklari), qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan statistika organlariga taqdim etilgan olxo‘ri yalpi hosili to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Olxo‘ri yalpi hosili to‘g‘risidagi ma’lumotlar yillik davriylikda shakllantiriladi. Ma’lumotlarni shakllantirish va olxo‘ri yalpi hosilini hisoblash uchun 1 fx shakli (yillik) “Fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”, 4 dx shakli (choraklik) “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”, dehqon va yordamchi xo‘jaliklar faoliyati to‘g‘risida”, 1 qx shakli (yillik) “Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot”, 1 kb (qx) (1 kb shakliga ilova) “Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisoboti” shakllari bo‘yicha ma’lumotlardan foydalaniladi. Yuqoridagi hisobotlarda bu ko‘rsatkich sentnerda aks ettiriladi va keyin 10 ga bo‘lish orqali tonnaga aylantiriladi. “Yetishtirilgan olxo‘ri” ko‘rsatkichi danaklilar ishlab chiqarish hajmi tarkibiga kiritiladi.